“Rutan” yangi preparat emas. Uning koronavirusga ta’siri o‘rganilishi kerak

Jamiyat

image

Avvalroq, o‘zbekistonlik olimlar ixtiro qilgan “Rutan” dorisi SARS CoV-2 tipidagi virusga qarshi samara bergani haqida xabar qilgandik. Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ushbu dori vositasida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Unda qayd etilishicha, “Rutan” yangi preparat emas, uning koronavirusga qarshi ta’siri esa hali o‘rganilishi kerak. Bu dori o‘zbekistonlik olimlar tomonidan 2015 yilda ishlab chiqarilgan. Dorining gripp viruslarining turli shtammlariga qarshi samarasi isbotlangan.

“Rutan” preparati interferon aktivlovchi universal dori vositasidir. U olimlarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan va organizmning immunitetini oshirish orqali grippga qarshi kurashadi”, degan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan va ta’limni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Do‘smatov. 

O‘zR FA Bioorganik kimyo instituti tomonidan yaratilgan “Rutan” preparatini “China-Uzbekistan medicine technical park” XK MCHJ ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida joriy yilning 23 aprel sanasida litsenzion shartnoma rasmiylashtirilgan bo‘lib, Xitoydagi ilmiy institut O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan preparatning virusga qarshi samarasini yuqori baholagan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi foydalanish uchun tayyorlangan 30 ga yaqin preparat Xitoyning Shanxay shahriga sinovdan o‘tkazish uchun yuborilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing