Rustam Imomali Ortiqxo‘jayevni Dushanbedagi bayramga taklif qildi

Olam

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning o‘g‘li – Dushanbe shahri meri rustam Imomali Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevni Dushanbeda nishonlanadigan navro‘z bayramiga taklif qildi. 

Ma’lumotlarga qaraganda, Rustam Imomali Dushanbedagi Navro‘z bayramida ishtirok etishlari uchun Tojikiston poytaxti birodarlashgan dunyoning 17 ta shaharlari hokimlariga taklifnoma yuborgan, jumladan Ortiqxo‘jayevga ham, 

Uning taklifnomalari Lusaki (Zambiya), Sana (Yaman), Monastira (Tunis), Lahor (Pakistan), Klagenfurt (Avstriya), Boulder (AQSH) va Roytlingen (Germaniya) hamda Mazori Sharif (Afg‘oniston), Tehron (Eron), Sheroz (Eron), Sankt-Peterburg (Rossiya), Minsk (Belarus), Urumchi (Xitoy), Anqara (Turkiya), Syamen (Xitoy), Ashxobod  (Turkmaniston) va Chindao (Xitoy) shaharlari rahbarlariga yo‘llangan. 

Taklifnomalar yo‘llangan birodar shaharlar qatorida Moskva va Toshkent ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Dushanbe shahri raisi Rustam Emomali ilk xorijiy tashrifini Toshkentga amalga oshirgan edi. 2019 yilning dekabr oyida amalga oshirilgan ushbu tashrifni ramziy ma’noga ega deb aytgandi Rustam Imomali. U tashrifi davomida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev bilan muzokaralar o‘tkazib, Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi. Shuningdek, Samarqandga borib, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi

Rustam Imomalining Ortiqxo‘jayevga yo‘llagan taklifnomasi yuzasidan Toshkent shahar hokimligi rasmiy bayonot berganicha yo‘q. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Rustam Imomali

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing