Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

Ruslanbek Abdullayev profboksdagi ilk jangida g‘alaba qozondi

Sport

image

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida ilk jangini o‘tkazgan o‘zbekistonlik bokschi Ruslanbek Abdullayev meksikalik Xose Valensuyelani mag‘lub etdi. 

Bugun, 7 mart tongida AQSHning Kaliforniya shtatida professional boks oshqomi bo‘lib o‘tdi. Ushbu kechada yarim o‘rta vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik bokschi Ruslanbek Abdullayev meksikalik Xose Valensuyelaga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda Abdullayev 2-raunddayoq raqibini nokautga uchratib, g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Abdullayev professional boksdagi debyut jangidayoq nokaut bilan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ruslanbek Abdullayev havaskor boksda Osiyo va Jahon chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks Ruslanbek Abdullaev Xose Valensuela

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing