Ruslan Nuriddinovdan Akbar Jo‘rayevgacha: Saudiyadagi Jahon chempionatida kimlar ishtirok etadi?

Sport

image

Joriy yilning 4-17 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkib bilan ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Quyida musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiluvchi sportchilarimizning ishtirok etish vaqti keltirilgan (Toshkent vaqti bilan):

Erkaklar

  • 6 sentyabr (soat 18:30) -61 kilogramm: Adhamjon Ergashev;   
  • 7 sentyabr (soat 21:00  -67 kilogramm: Doston Yoqubov;
  • 11 sentyabr (soat 18:30  -81 kilogramm: Muhammadqodir Toshtemirov;
  • 11 sentyabr (soat 16:00 -89 kilogramm: Sarvarbek Zafarjonov;
  • 13 sentyabr (soat 16:00  -96 kilogramm: Sunnatilla O‘sarov;
  • 13 sentyabr (soat 23:30  -102 kilogramm: Sharofiddin Amriddinov;
  • 16 sentyabr (soat 21:00 -109 kilogramm: Ruslan Nuriddinov;
  • 16 sentyabr (soat 21:00  -109 kilogramm: Akbar Jo‘rayev;
  • 17 sentyabr (soat 18:30  +109 kilogramm: Rustam Jangaboyev.

Ayollar

  • 6 sentyabr (soat 21:00  -55 kilogramm: Jamila Panfilova;
  • 10 sentyabr (soat 21:00  -64 kilogramm: Shahloxon Abdullayeva;
  • 15 sentyabr (soat 21:00  -87 kilogramm: Regina Adashboyeva;
  • 16 sentyabr (soat 13:30  +87 kilogramm: Tursunoy Jabborova.

Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Jahon chempionati Ruslan Nuriddinov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing