Ruslan Nuriddinov va Akbar Jo‘rayev Osiyo chempionatida qatnashadi
Sport
−
18 aprel 2023
5123Joriy yilning 3-13 may kunlari Janubiy Koreyaning Jinju shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini e’lon qildi.
Ushbu qit’a birinchiligi Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash musobaqalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston jamoasi Osiyo chempionatida Olimpiada chempionlari Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova kabi yetakchilar bilan ishtirok etadi.
To‘liq tarkib:
Erkaklar:
-55 kg: Og‘abek Nafasov;
-67 kg: Diyor Ro‘zmetov;
-73 kg: Adhamjon Ergashev;
-73 kg: Doston Yoqubov;
-89 kg: Hojiakbar Olimov;
-96 kg: Sunnatilla O‘sarov;
-102 kg: Ruslan Nuriddinov;
-109 kg: Qurbonmurod Namozov;
+109 kg: Akbar Jo‘rayev;
+109 kg: Rustam Jangaboyev.
Ayollar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva;
-55 kg: Jamila Panfilova;
-81 kg: Rigina Adashboyeva;
+87 kg: Tursunoy Jabborova.
LiveBarchasi