Ruslan Nuriddinov besh karra Osiyo chempioniga aylandi

Sport

−

image

Bugun, 10 fevral kuni Toshkent shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Oxirgi kun dasturi ham O‘zbekiston vakillari uchun medallarga boy bo‘ldi.

-109 kg vazn toifasida Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov siltab ko‘tarish va ikki kurash bo‘yicha oltin medalga ega chiqdi. Uning jami ko‘rsatkichi 382 (175+207) kg ni tashkil etdi. Mazkur vaznning dast ko‘tarish bahslarida g‘oliblik yana bir o‘zbekistonlik sportchi 22 yoshli Sharofiddin Amriddinovga nasib etdi. Amriddinov umumiy hisobda 381 (176+205) kg toshni ko‘tarib, yakunida o‘z hisobiga yana ikkita kumush medalni qo‘shib qo‘ydi.

+109 kg vazn toifasida bahs olib borgan Rustam Jangaboyev O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga yana bir bronza medalni keltirdi. U dast ko‘tarish mashqida 192 kg ko‘rsatishga muvaffaq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing