Ruslan Abdullayev filippinlik bokschiga qarshi ringga ko‘tariladi
Sport
−
16 aprel 3663 1 daqiqa
Havaskor boksda jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Abdullayev professional faoliyatidagi ikkinchi jangini 20 aprel kungi turnirda filippinlik Jino Rodrigoga qarshi o‘tkazadi.
20 aprelga o‘tar kechasi AQSHning Kaliforniya shtatida professional boks kechasi o‘tkaziladi. Ushbu oqshomda super yengil vazn toifasi vakillari o‘zbekistonlik Ruslan Abdullayev va filippinlik Jino Rodriges ringga ko‘tariladi.

Ma’lumot o‘rnida, Ruslan Abdullayev mart oyida professional boksda debyut jangini o‘tkazgan va nokaut evaziga g‘alaba qozongandi. Rodrigo esa shu kungacha profboksda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan, 2 ta jangda esa durang qayd etgan.
Live
Barchasi