Hasanboy Do‘smatov vazn toifasidan qat’i nazar dunyo reytingida peshqadamlik qilmoqda

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Hasanboy Do‘smatov havaskor boksda vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchlilar ro‘yxatida yetakchi bo‘ldi. Bu haqda “Boxrec.com” xabar berdi.

E’tiborlisi, kuchli beshlikka yana bir o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi, jahon chempioni Ruslan Abdullayev ham kiritilgan. 63,5 kg vaznda faoliyat olib borayotgan Abdullayev reytingda 4-o‘rinda qayd etilgan. 

1 aprel holatiga ko‘ra kuchli o‘nlik quyidagicha: 

1. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston);
2. Gabil Mamedov (Rossiya);
3. Sofyan Umia (Fransiya);
4. Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston);
5. Saken Bibosinov (Qozog‘iston);
6. Jamal Xarvi (AQSH);
7. Vsevolod Shumkov (Rossiya);
8. Muslim Gajimagomedov (Rossiya);
9. Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston);
10. Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hasanboy Do‘smatov Toshkentda IBA chempionlik kamari uchun jang qilishi xabar qilingandi. Unga ispaniyalik Samuel Karmona raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Hasanboy Do'smatov Ruslan Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing