Ruslan Abdullayevning profboksdagi ikkinchi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Superengil vazn toifasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik professional bokschi Ruslan Abdullayevning keyingi jangi 19 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

22 yoshli Abdullayev AQSH yoki Meksikadagi professional boks oqshomlarining birida ishtirok etadi. Abdullayevga o‘sha kuni kim raqib bo‘lishi tez orada ma’lum bo‘ladi.

Shunday qilib, Ruslan Abdullayev profringdagi ikkinchi jangini o‘tkazadi. U profboksdagi ilk jangini shu yilning mart oyida Xose Valensuela Alvaradoga qarshi o‘tkazib, nokaut evaziga g‘olib bo‘lgandi. Abdullayev havaskor boksda jahon chempioni (2023) hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Ruslan Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing