Rus foydalanuvchilari Netflix'dan mosuvo qilindi

Texnologiya

image

Amerikaning Netflix striming xizmati ilovasi Google Play va App Store’da rus foydalanuvchilari ko‘rinmay qoldi. Ikkala platformadagi qidiruv maydoniga xizmat nomini kiritishda asl ilova endi ko‘rsatilmaydi. Bu haqda TASS yozmoqda

Kompaniyaldarning rus foydalanuvchilari uchun ilovadan olib tashlanishi haqida rasmiy izoh berilmagan. 

Netflix – bu Internetga ulangan qurilmalarda filmlar, seriallar, multfilmlarni tomosha qilish imkonini beruvchi xizmatdir. 6 mart kuni kompaniya rahbariyati Ukraina atrofidagi voqealar munosabati bilan Rossiya hududidagi ishlar to‘xtatilganini ma’lum qilgandi. 

Avvalroq kompaniya rahbariyati Netflix Rossiya qonunchiligi talabiga qaramay, birinchi va ikkinchi multipleksning 20 ta Rossiya federal kanallarini translyatsiya qilmasligini ma’lum qilgandi. 

Roskomnadzor 28 dekabr kuni Rossiyada mahalliylashtirilgan Netflix’ni kuniga 100 000 dan ortiq foydalanuvchiga ega audiovizual xizmatlar reyestriga qo‘shdi. Hozirda ushbu reyestrga 20 dan ortiq platformalar kiritilgan, jumladan Okko, KION, Premier, Megogo, Start, Wink. 

Internet-video assotsiatsiyasi rahbari Aleksey Birdinga ko‘ra, xizmat "Axborot, axborot texnologiyalari va axborotni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 10.5-moddasi talablariga, shu jumladan uning so‘nggi qo‘shimchalariga, Rossiya Federatsiyasining 20 ta federal telekanallarini tarqatishga majburdir. Ushbu tartib 2022 yil mart oyidan kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Netflix

Baholaganlar

86

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing