Ruminiya Prezidenti ham Kiyevga kelyapti

Olam

image

Bugun, 16 iyun kuni Ruminiya Prezidenti Klaus Yoxannis Ukraina poytaxtiga kelgan Fransiya, Germaniya va Italiya yetakchilariga qo‘shilish uchun Kiyevga keladi. Bu haqda Ruminiya rahbari Twitter’da ma’lum qildi. 

“Bild” nashrining yozishicha, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Yoxannisni Yevropa Ittifoqi yetakchilariga qo‘shilishga taklif qilgan. 

“Bugun Kiyevda yevropalik hamkasblarim kansler Olay Shols, Prezident Emmanuel Makron va Bosh vazir Mario Dragi bilan Prezident Zelenskiy va Ukrainaga xalqiga kuchli-qullab quvvatlashimizni va to‘liq birdamligimizni ko‘rsatish uchun yig‘ilamiz. Rossiyaning bu noqonuniy tajovuzini to‘xtatish kerak”, deb yozadi Yoxannis.

Yoxannis Buxarestdan Kiyevga yakka holda yo‘l olgan. Chunki uch rahbarni olib ketayotgan poyezdda boshqa joy qolmagan, ularga ko‘plab delegatsiyalar va qo‘riqchilar hamrohlik qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, biroz avval Fransiya Prezident Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols va Italiya Bosh vaziri Mario Dragi Kiyevga keldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Klaus Yoxannis Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing