Ruminiya Endryu Teytga jiddiy ayblovlarni e’lon qildi
Olam
−
16:38 337 2 daqiqa
Bugun, 4 sentyabr kuni Ruminiya prokuraturasi bloger Endryu Teytga rasman ayblov e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, unga voyaga yetmaganlar kontrabandasi, pul yuvish, voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqada bo‘lish va guvohlarga bosim o‘tkazish ayblari qo‘yilmoqda. Uning ukasi Tristan bu ish bo‘yicha sherik sifatida o‘tmoqda. Ikkalasi ham sobiq kikbokschilar bo‘lib, AQSH va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega.
Aka-ukalarga qarshi parallel ravishda ikki mamlakatda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ruminiyadagi tergov 2022 yilda, Teytlar Buxarest yaqinida ayollarni jinsiy ekspluatatsiya qilish uchun yollashda gumonlanib, qo‘lga olinganida boshlangan. Tergov bir necha yilga cho‘zildi va protsessual muammolarga duch keldi, 2025 yilda esa aka-ukalarga mamlakatni tark etishga ruxsat berildi va ular Floridaga uchib ketdi. Britaniyadagi tergovni qirollik prokuratura xizmati olib bormoqda. Idora aka-ukani 2010-2017 yillarda zo‘rlash, odam savdosi va bolalarning axloqsiz suratlarini tarqatishda ayblamoqda hamda ularni topshirishni talab qilmoqda.
Hozirda Teytlar Ruminiyada emas. Joriy yilning iyul oyida Buyuk Britaniya aka-ukalarni topshirishni so‘raganidan keyin ular Mayamida qo‘lga olingan.
AQSH Marshallar xizmati Teytlarni maxfiylashtirilgan order asosida hibsga olgan. Buyuk Britaniya Qirollik prokuratura xizmati birdaniga 59 ta band bo‘yicha ekstraditsiya qilishni so‘ragan: 21 ta ayblov avvalroq e’lon qilingan, yana 38 tasi yozda qo‘shilgan. Gap yetti nafar ehtimoliy jabrlanuvchi va tergov talqiniga ko‘ra 2010 yil iyulidan 2017 yil avgustigacha sodir etilgan jinoyatlar haqida bormoqda.
Teytlarning ikkalasi ham AQSH va Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgan sobiq kikbokschilar. Endryu Teyt ayollarni yomon ko‘rishga qaratilgan (mizoginik) bayonotlari va “an’anaviy erkaklik” g‘oyalarini targ‘ib qilishi bilan tanilgan. Uning Twitter (X) ijtimoiy tarmog‘ida 10 milliondan ortiq obunachisi bor.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprelb oyi boshida Endryu Teyt Toshkentga kelgandi va tantanali kutib olingan edi.
Live
Barchasi