Jinsiy zo‘ravonlikda ayblanayotgan Endryu Teyt Toshkentda tantanali kutib olindi
3-sahifa
−
05 aprel 21626 2 daqiqa
Sobiq professional kikbokschi va bir qancha davlatlarda jinoiy ishlar bo‘yicha tergov qilinayotgan Endryu Teyt Toshkentga keldi va tantanali kutib olindi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida videolar joyladi.
Videoda uning ukasi Tristan Teyt ham ko‘rinadi.
Avvalroq, jurnalistlar Endryu va Tristan Teyt kazino kompaniyasi bilan foyda taqsimlash bo‘yicha kelishuvda qatnashganini aniqlagan. Mazkur kompaniya egalari hozir og‘ir jinoyat — uyushgan jinoiy guruh tuzish ishi bo‘yicha tergov ostida.
AQSHning Florida shtati bosh prokurori aka-uka Teytlarga nisbatan jinoiy tergov boshlagan. Ular Ruminiyada odam savdosi bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda.
Endryu Teyt Ruminiyada tergov ostida bo‘lgan paytda Tinch okeani janubidagi davlatlardan biridan “oltin pasport” olgan. Hozir u Buyuk Britaniyada ham ayblovlarga duch kelmoqda, ammo u barcha ayblovlarni rad etgan.
2024 yil avgustda u Ruminiyada uy qamog‘iga olingan. Prokuratura unga, uning ukasi Tristanga va yana to‘rt kishiga nisbatan ikkinchi jinoiy ish ochgan. Ularning barchasi ayblarni inkor qilgan.
Shuningdek, ular Buyuk Britaniyada ham qidiruvda bo‘lib, jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda.
Bundan tashqari, aka-uka soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ham ayblanmoqda. 2024 yil dekabrda Britaniya sudi ularning 21 million funt daromadidan soliq to‘lanmagani sabab 2 million funtdan ortiq mablag‘ni musodara qilishga ruxsat bergan. Teyt bu qarorni “adolatsiz” deb atagan.
Ma’lumot uchun, Teyt 1986 yil dekabrda tug‘ilgan. Otasi AQSH harbiy-havo kuchlarida xizmat qilgan va shaxmat ustasi bo‘lgan. Ota-onasi ajrashgach, u onasi bilan Angliyaning Luton shahriga ko‘chib o‘tgan.
Teyt va uning ukasi bolaligida qashshoqlikda yashaganini aytgan.
U kikboksing bo‘yicha 4 karra jahon chempioni bo‘lgan, ammo asosiy mashhurlikka internet orqali erishgan.
Live
Barchasi