Rulda uxlab qolgan 22 yashar haydovchi o‘zi va 3 kishining “boshiga yetdi”

3-sahifa

image

Bugun, 4 sentyabr kuni Namangan viloyatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

YTH soat 05:00 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan 4R 112 “Farg‘ona halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 10-kilometrida sodir bo‘lgan. Haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan J.M. Matiz rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruv vaqtida uxlab qolib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan va qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan I.O. boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.

Natijada, Matiz rusumli avtomobil xaydovchisi 22 yoshli J.M. hamda yo‘lovchisi 23 yoshli S.X. va Nexia rusumli avtomobil yo‘lovchilari 45 yoshli I.M., 39 yoshli R.G‘. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etishgan.

Nexia rusumli avtomobil xaydovchisi 33 yoshli I.O. va yo‘lovchilari 23 yoshli Sh.S., 22 yoshli N.A.lar tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilganlar.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Matiz rusumli avtomobil haydovchisi J.M. bir yil davomida 9 marotaba, Nexia rusumli avtomobil haydovchisi I.O. 1 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Namangan

Baholaganlar

311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing