Ruxsatnomasiz Haj amallarini bajarganlarga keskin choralar ko‘riladi
Jamiyat
−
01 mart
8032Saudiya Arabistonida ziyorat (turistik) viza, umra va boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilishga ruxsat berilmaydi. Bu haqda Saudiya Arabistoni Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Saudiya hukumati tomonidan Haj-2024 mavsumida tartibni saqlab va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida keskin jazo choralari joriy etilgan.
Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga ziyorat (turistik)viza, umra viza, biznes viza va boshqa turdagi vizalar bilan safar qiluvchi fuqarolar viza muddati tugagunga qadar Saudiya hududini tark etishi shart. Ziyorat (turistik)viza, umra viza va boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilishga ruxsat berilmaydi. Ushbu xatti-harakatlar noqonuniy hisoblanadi.
Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi xorijiy ziyoratchilar va Podshohlik aholisini “Haj-2024” mavsumida maxsus ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishlarining huquqiy oqibatlari haqida ma’lum qildi.
“Viza muddatini buzish, Saudiya hududida qolib ketish, vizada belgilangan muddatdan ortiqcha yashash hamda haj vizasidan boshqa turdagi vizalar bilan Haj qilganlik uchun Saudiya qonunchiligida qat’iy choralar belgilangan. Ushbu qoidani buzganlik uchun 10 yil muddatga deportatsiya qilish yoki 6 oy qamoq jazosi belgilangan. Ushbu qoidani buzgan ziyoratchilar, shaxslar, turfirma va tashkilotlarga 50.000 saudiya riali (13,400 AQSH dollari) miqdorida jarima belgilangan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq umra safarida fuqarolarni sarson qilgan turfirmalar vaqtincha yopilishi haqida xabar qilingan.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi