Ruhoniy: AQSH harakatlari Yaqin Sharq barqarorligiga xavf solmoqda

Jamiyat

image

Bishkek shahrida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining sammitida ishtirok etayotgan Eron Islom Respublikasi Prezdenti Hasan Ruhoniy AQSH harakatlari Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi barqarorlikka jiddiy xavf solayotganini ta’kidladi. 

“AQSH hukumati oxirgi ikki yil davomida, barcha xalqaro tuzilmalar va qoidalarni buzgan holda, o‘z iqtisodiy, moliyaviy va harbiy imkoniyatlarini ishga solib agressiv yondashuvni hayotga tatbiq etmoqda va bu bilan mintaqadagi va jahondagi barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda”, deydi Eron Prezidenti SHHT davlat rahbarlari kengashi yig‘inida.

Ma’lumot o‘rnida, SHHT tarkibiga sakkizta davlat kiradi. Bular – Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston. Mo‘g‘uliston, Eron, Afg‘oniston va Belarus kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega. Oltita davlat – Shri-Lanka, Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja va Nepal  muloqot bo‘yicha sheriklar hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Hasan Ruhoniy

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing