Rojersning “tulkilar”i “qizil iblislar”dan ustun keldi

Sport

image

Bugun, 16 oktyabr kuni Angliya Premer ligasining 8-turi doirasida “Lester” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvdagi gollar seriyasi 19-daqiqada Meyson Grinvudning goli bilan boshlandi, ammo “tulkilar” tanaffus oldidan Yuriy Tilemansning goli evaziga hisobni tenglashtirdi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 78-daqiqada boshlandi. Burchak zarbasidan so‘ng, “qizil iblislar” jarima maydonchasi ichidagi pala-partishlikdan so‘ng, Chag‘lar Suyunju David De Xea darvozasini ishg‘ol etdi. 82-daqiqaga kelib, endigina safga qaytgan Markus Reshford hisobni tenglashtir. Oradan bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Jeymi Vardi “Lester”ning 3-golini kiritdi. Patson Daka esa so‘nggi daqiqalarda uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi – 4:2

8 o‘yindan so‘ng, Brendan Rojers shogirdlari 11 ochko bilan 11 pog‘onani egallab turibdi, “mankunianlar” esa 14 ochko evaziga, 5-o‘rinda bormoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

APL Manchester Yunayted Lester Ronalldu Vardi Brendan Rojers

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing