Rojer Federer faoliyatidagi eng sharmandali mag‘lubiyatni esladi

Sport

image

Afsonaviy shveysariyalik tennischi Rojer Federer faoliyatidagi eng sharmandali mag‘lubiyat azaliy raqibi Rafael Nadalga qarshi kechgan "Wimbledon  2008"ning final uchrashuvi bo‘lganini ma’lum qildi. Bu haqda Federerning so‘zlariga tayanib, “Eurosport” nashri xabar berdi. 

“Men uchun Lleyton Xyuitt bilan (ular 2004 yilda US Open finalida to‘qnashgan) bo‘lgan AQSH ochiq chempionatining finali o‘zgacha ruxda o‘tgan edi. Uchrashuvda 6:0, 7:6, 6:0 hisobida g‘alaba qozongandim. Odatda “Katta dubulg‘a” musobaqalarining finalida bunday hisoblar kuzatilmaydi. Aksariyat hollarda birinchi setda yaxshi o‘ynaysiz, ikkinchisida xatolar qilasiz, uchinchisida esa yana ustunlik qilasiz. Ammo o‘sha kuni men bilan unday bo‘lmagan. Men uchun o‘sha o‘yin mukammal o‘tgandi. Men dunyo tennisining cho‘qqisiga chiqqan edim. Shundan so‘ng, dunyoda birinchi raqamli bo‘lganman va bunga loyiq ekanligimni isbotlaganman.

Eng sharmandali mag‘lubiyatim? Ehtimol, "Wimbledon  2008"dagi final bo‘lishi mumkin. Rafa bilan o‘yin go‘yoki qorong‘i zulmatdek o‘tdi. Men uchun juda ko‘p narsa xavf ostida edi. Biroq baribir bellashuv Nadalning foydasiga yakunlangan. Yuragim yomon ezilgan”, degan Federer.

Qayd etish kerakki, sentyabr oyi oxirida Londonda bo‘lib o‘tadigan musobaqadan keyin Rojer Federer professional tennisdagi faoliyatini yakunlaydi.

Ma’lumot uchun, 41 yoshli tennischi faoliyati davomida 103 ta titul qo‘lga kiritgan. Bu sovrinlar orasida 20 ta “Katta dubulg‘a” turnirlarning g‘olibligi ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Rojer Federer Rafael' Nadal

Baholaganlar

43

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing