Nadal nufuzli turnirda ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Sport

image

Dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Indian-Uellsda o‘tkazilayotgan Professional tennischilar uyushmasi seriyali turnirida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda tennischi o‘zining X sahifasida ma’lum qildi.

“Qayg‘u bilan shuni aytmoqchimanki, Indian-Uellsdagi ushbu ajoyib turnirda qatnashmasligimga to‘g‘ri kelmoqda. Bu joyni qanchalik yaxshi ko‘rishimni va bu yerda o‘ynashni qanchalik yoqtirishimni hamma biladi. Indian-Uellsga ancha oldin kelganimning sabablaridan biri ham shu edi”, deb yozdi tennischi.

Nadal bu oson qaror emasligini, biroq u o‘zini bunday muhim turnirda yuqori saviyada ishtirok etishga tayyor deb hisoblamasligini aytdi.

Indian-Uells turniri 6-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning amaldagi g‘olibi ispaniyalik Karlos Alkaras hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Rafael' Nadal Indian-Uells

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing