Roy Jons Otabek Umarovga tabrik yo‘lladi
Jamiyat
−
14 noyabr 2019
7032O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kenja kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati rahbari birinchi o‘rinbosari, Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov yangi tashkil etilgan Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasi prezidentligiga tayinlangani bilan amerikalik bokschi Roy Jons tabrikladi. Bu haqda bokschi o‘zining Instagram’dagi sahifasida video yozib qoldirdi.
“Otabek, ukam, saylanganing bilan tabriklayman va taklif uchun rahmat. Bunday voqeaning bir qismi bo‘lishdan baxtiyor bo‘laman!”, degan Roy Jons.
Joriy yilning 23 noyabr kuni Toshkentda ilk bor MMA GFC-20 turniri bo‘lib o‘tadi. Unda Otabek Umarovning yana bir taniqli do‘stlaridan biri Habib Nurmuhamedov ham ishtirok etadi. Roy Jonsning so‘zlaridan anglashilishicha, u ham mazkur turnirga taklif etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Otabek Umarovni amerikalik taniqli aktyor va jang san’atlari ustasi Stiven Sigal ham lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan edi.