Zelenskiy Londonda. U Boris Jonson bilan uchrashib, shartnoma imzoladi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy rasmiy tashrif bilan Buyuk Britaniyada bo‘lib turibdi. U bugun, 8 oktyabr kuni Bosh vazir Boris Jonson bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Ukraina rahbari Jonsonga Donbassdagi xavfsizlik holati haqida ma’lumot berib, Buyuk Britaniya Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligini doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 
 
Muzokaralar davomida suhbatdoshlar bugungi kunda dunyo duch kelayotgan jiddiy muammolarni, ya’ni koronavirus pandemiyasi va global iqlim inqirozi oqibatlarini bartaraf etishda birgalikdagi harakatlarning muhimligini ta’kidladilar. 

Shuningdek, o‘zaro savdo aloqalarini takomillashtirish zarurligi muhokama qilindi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-sotiq darajasini oshirish kun tartibida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. 

Uchrashuv yakunida tomondlar siyosiy hamkorlik, erkin savdo va strategik sheriklik to‘g‘risidagi Bitimni imzoladilar. 

Zelenskiy Shartnomaning ikki tomonlama aloqalar uchun yangi asos sifatida, xususan Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi sharoitida alohida ahamiyatini ta’kidladi. 

"Bugun Ukraina va Buyuk Britaniya uchun tarixiy kun: biz mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichini boshlaymiz", deydi Prezident. 

Hujjat strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatadi va ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy Boris Jonson

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing