Rostovdagi portlash qurbonlari soni 22 nafarga yetdi

Olam

image

Joriy yilning 28 iyul kuni Rossiyaning Rostov viloyati Taganrog shahridagi kafelardan birida portlash sodir bo‘lgandi. Hozirda portlash qurbonlari soni 22 nafarga yetdi. Bu haqda viloyat hududiy Ciyosat va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar orasida bir bola ham bor. To‘qqiz kishi turli tan jarohatlari bilan shahar shifoxonasida qolmoqda.

Shaharda jabrlanganlar uchun ishonch telefoni ishga tushirilgan.

Ma’lum qilinishicha, to‘qqiz nafar fuqaro favqulodda vaziyat natijasida sog‘lig‘ini yo‘qotgan taqdirda bir martalik nafaqani viloyat byudjetidan to‘lash uchun ariza olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 2 aprel kuni Rossiyaning yana bir shahri Sankt-Peterburgdagi kafeda ham portlash sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida o‘shanda taniqli bloger va harbiy muxbir Vladlen Tatarskiy halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash Rostov Taganrog

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing