Sankt-Peterburgda portlash yuz berdi

Olam

image

Kecha, 2 aprel kuni Sankt-Peterburgdagi kafeda portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, portlash oqibatida taniqli bloger va urush muxbiri Vladlen Tatarskiy halok bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, Universitetskaya qirg‘og‘idagi kafeda tashrif buyuruvchilardan biri olib kelgan qutidagi portlovchi qurilma ishga tushgan. Uning ichida blogerga berilgan haykalcha bo‘lgan.

Rossiya huquq-tartibot organlariga havolasi bo‘lgan Mash Telegram kanali qo‘lida mikrofon bilan Tatarskiyga dubulg‘a kiygan askar statuyetkasi sovg‘a qilinayotgani aks etgan videoni joylashtirgan. Unda aytilishicha, portlash bir necha daqiqadan so‘ng sodir bo‘lgan.

Asl ismi Maksim Fomin bo‘lgan Tatarskiyning Telegram’da 560 000 dan ortiq obunachisi bor. U Rossiyaning Ukrainadagi urush harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan va armiya yetakchilarini tez-tez tanqid qilgan harbiy blogerlarning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri bo‘lgan.

“Vagner” guruhi rahbari Prigojin esa portlash sodir bo‘lgan kafe avval unga tegishli bo‘lgani, biroq keyinchalik u yerda yig‘ilishlar o‘tkazayotgan faollarga berilganini ma’lum qilgan. Tadbir tashkilotchisi esa xavfsizlik choralarini ko‘rganini, ammo bu yetarli bo‘lmaganini aytgan Ko‘plab Rossiya rasmiylari mazkur portlashda Ukrainani ayblagan. Xususan, Donetsk viloyatining Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan qismining rahbari Denis Pushilin ommaviy ravishda Ukraina aybdor degan fikrni aytgan.

“U shafqatsizlarcha o‘ldirilgan. Terrorchilar boshqacha qila olmaydi. Kiyev rejimi terrorchi rejim. Uni yo‘q qilish kerak, uni to‘xtatishning boshqa yo‘li yo‘q”, degan Pushilin.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova esa yaqinda Rossiyada amerikalik jurnalist hibsga olingandan so‘ng AQSH va boshqa G‘arb davlatlari tomonidan bildirilgan noroziliklarni eslagan.

“Vashington, London va Parijda hech qanday munosabat bo‘lmagani ularning jurnalistlar farovonligi va so‘z erkinligi haqida qayg‘urayotganidan dalolat beradi. Kiyevdagi munosabat hayratlanarli, G‘arb grantlarini olganlar sodir bo‘lgan voqeadan xursandligini yashira olmayapti”, deb yozilgan vazirlik saytida.

Ukraina tarafi esa bu ayblovlarni keskin rad etgan. Xususan, Ukraina Prezidenti maslaxatchisi Mixail Podolyak o‘z Twitter sahifasida bu Rossiyadagi ichki terrorizm ekani, bu hodisa “pishgan xo‘ppoz yorilishi kabi” vaqt masalasi bo‘lganini yozgan.

“O‘rgimchaklar bir-birini yeyishyapti”, degan Podolyak.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlashda Tatarskiydan tashqari 25 kishi jarohat olgan, ularning 19 nafari shifoxonaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing