Rostovda otishma bo‘ldi, qurbonlar bor
Olam
−
23 Oktabr 2019
4414Rossiyaning Rostov viloyati Orlov tumanida ro‘y bergan otishmadan so‘ng besh kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi kasalxonaga yotqizildi, Bu haqda TASS viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Chernozubovka qishlog‘ida joylashgan chorvachilik punkti hududidagi mahalliy fermaga yaylovlar uchun ajratilgan maydon tufayli mojaro kelib chiqqan. Janjal paytida ishtirokchilar o‘qotar quroldan foydalangan. Jabrlanganlar shifoxonaga olib borilgan va hozirda ular shifoxonaning jonlantirish bo‘limida.
Voqea joyida tergov-tezkor guruh ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi (" Qotillik ") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.