“Rostov” Shomurodov “Jenoa”ga o‘tganini e’lon qildi

Sport

image

Rossiyaning “Rostov” klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov Italiyaning “Jenoa” klubiga o‘tayotganini e’lon qildi. Bu haqda jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.

“Rostov” va “Jenoa” o‘rtasida hujumchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishildi. Biz Eldorning sadoqati, gollari va jamoa muvaffaqiyatiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdormiz”, deyiladi klub xabarida.

Eldor Shomurodov 2017 yilda “Rostov”ga o‘tgan. 3 yil davomida u 91 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi. O‘tgan mavsumda u 11 ta gol urib, jamoa to‘purari bo‘ldi.

Shomurodov “Rostov Arena” va mashg‘ulotlar bazasiga borib muxlislar, jamoa a’zolari va klub prezidenti bilan xayrlashdi. Shomurodovga u ilk bor “Rostov” safida gol urgan to‘pni sovg‘a qilishdi.

Avvalroq, Shomurodov “Jenoa”da yiliga 600-700 ming yevro maosh olishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eldor Shomurodov Rostov Jenoa

Baholaganlar

252

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing