Rossiyaning Zaporojega hujumida klinika zararlandi

Olam

image

Kecha, 10 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga uyushtirgan raketa hujumi oqibatida Zaporoje viloyatidagi ofis binosi va tibbiy markaz zararlandi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Viloyat administratsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, zarba oqibatida xususiy klinika zararlangan, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan tashqari 21 kishi jarohatlangan, jumladan, ular orasida ikki shifokor ham bor.

“Qutqaruvchilar hali ham vayronalar ostidan odamlarni izlashmoqda”, deyiladi xabarda.

Zelenskiy havo hujumiga qarshi himoyaning kuchaytirilishi kerakligini ta’kidladi.

“Har bir hujum bizga havo mudofaasini oshirish zarurligini isbotlaydi” deydi u. 

U shuningdek, AQSH Patriot zenit raketalarining va boshqa samarali tizimlarning Ukrainaga yetkazib berilishi uchun xalqaro sheriklarga barcha so‘rovlarni yuborganini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz,  joriy yilning kuzida Rossiya armiyasi yoz oylariga qaraganda Ukrainaga uchuvchisiz samolyotlar va raketalarni sezilarli darajada ko‘proq otgani xabar berilgandi. WSJ tahlilchilari Ukraina harbiy-havo kuchlari tomonidan e’lon qilingan kundalik hisobotlarni o‘rganib chiqib, 2024 yilning sentyabridan noyabriga qadar Rossiya qo‘shni davlat hududiga 6 mingdan ortiq raketa va uchuvchisiz uchoqlarni otganini aniqlagan. Bu 2024 yilning iyun-avgust oylariga nisbatan uch barobar, 2023 yilning kuziga nisbatan to‘rt barobar ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya klinika hujum Zaporoj'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing