Rossiyaning yadroviy suvosti kemasi Kubaga bordi

Olam

image

Rossiya dengiz flotining yadroviy suvosti kemasi hamda yana bir qancha kemalar Kubaga kirib bordi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.

Bildirilishicha, mamlakatning “Admiral Gorshkov” fregati va “Qozon” atom suvosti kemasi yonilg‘i tashuvchi kema hamrohligida Moskvaning Ukraina bilan munosabati keskin tus olayotgan bir paytda, o‘z kuchining namoyishi sifatida besh kunlik tashrif bilan Kubaga yetib borgan. Ularni Gavanadagi Malekon dengiz bo‘yida tomoshabinlar, baliqchilar hamda Kuba politsiyasi salyutlar bilan kutib olgan. Bu tashrif Ukrainaning AQSH hamda ba’zi boshqa G‘arb ittifoqchilari Rossiyaning Xarkov shimoli-sharqiga yangidan hujumi va jangovar qo‘shinlar, o‘q-dorilar taqchilligi fonida Kiyevga qurollarini Rossiya ichidagi nishonlarga qarshi qo‘llashga ruxsat berganidan keyin amalga oshirildi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ushbu to‘rtta kema Kubaga ketayotganda Atlantika okeanida raketa qurollari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazgan. Keltirilishicha, suvosti kemasi va fregati Sirkon gipertovushli raketalari, Kalibr qanotli raketalari va kemalarga qarshi Oniks raketalari bilan jihozlangan.

Kuba hukumati o‘tgan hafta ushbu tashrif Gavanaga do‘st bo‘lgan mamlakatlarning dengiz floti kemalari tomonidan odatiy amaliyot ekanligini va flot yadroviy qurolga ega emasligini aytgan edi. 

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning jurnalistlarga bergan intervyusida bunday dengiz mashqlari odatiy hol ekani, ilgari ham shunday holatlar ko‘p kuzatilganini aytgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Kubaga raketa o‘tkazgani haqida hech qanday dalil yo‘q, ammo AQSH har doim hushyor holatda turadi.

Ma’lumot uchun, Gavana Florida shtatining janubida, Ki-Uestdan 160 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, u yerda AQSHning harbiy-dengiz havo stansiyasi joylashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing