Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini bilar edim – Stoltenberg urush boshlangan tun haqida

Olam

image

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiyaning 2022 yil 24 fevralga o‘tar kechasi Ukrainaga bostirib kirish rejalari haqida bilar edi, biroq uxlashni afzal ko‘rdi.  Bu haqda u kecha, 17 fevral kuni “France-Press” agentligida ma’lum qildi. 

“Men uxlashga yotdim. Lekin bu juda qisqa tun edi, chunki qachondir, yaqin bir necha soat ichida meni kimdir uyg‘otishini bilardim. Shunday bo‘ldi ham”, deydi NATO Bosh kotibi. 

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, u bosqin boshlanishi haqida qisqacha soat 04:00 da telefon orqali xabardor qilingan. 

“Ajablanmang, chunki biz bilardik”, deydi u. 

NATO Bosh kotibi Ukrainadagi mojaro alyans saflarini jamlashga turtki bo‘lganini ta’kidladi, biroq ayni paytda NATO harbiy harakatlarni oldini olish uchun ko‘proq harakat qilishi mumkin edi, degan taklifni rad etdi. Shuningdek, u mojaro 2022 yilda emas, balki 2014 yilda Qrim Rossiya bilan birlashganidan keyin boshlanganini ham aytib o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi 2022 yil 24 fevral, payshanba kuni Kiyev vaqti bilan ertalab soat 5 da boshlandi. Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga Rossiya, Qrim va Belarusdan kirib kelgan, Donetsk va Lugansk qo‘shinlari ham jangga qo‘shilgan. Qo‘shinlar to‘rtta asosiy yo‘nalishda hujum boshladi – shimoldan Kiyevga, shimoli-sharqdan Xarkovga, janubi-sharqdan Donbassdan va janubdan Qrimdan. Voqealarning debochasi rus qo‘shinlarining Rossiya-Ukraina chegarasi yaqinida to‘planishi va natijada Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlardagi inqiroz edi. 

2021 yil oktyabr oyidan boshlab ommaviy axborot vositalarida yaqinlashib kelayotgan bosqin haqida ko‘plab ogohlantirishlar e’lon qilindi.  Biroq, Rossiyaning yuqori lavozimli rasmiylari Ukraina bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotganini doimo rad etib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yens Stoltenberg Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin NATo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing