Rossiyaning Ukrainaga bosqinida qatnashgan o‘zbekistonlik erkakka sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
04 yanvar
8698Rossiyaga ishlash uchun borib, Rossiyaning Ukrainaga bosqinida ishtirok etgan erkak jazolandi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi. Ish 2024 yilning 4 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, 1985 yilda Andijon viloyati Marhamat tumanida tug‘ilgan erkak mavsumiy ishlash maqsadida 2023 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga borgan. U dastlab “Sarok” do‘konida15 kun qassobchilik bilan shug‘ullangan, 2023 yilning taxminan may oyining boshida “Navatek” neft birjasiga ishga kirgan. U yerda Rossiya fuqarosi bilan tanishgan. Rus fuqarosi unga Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan urushda Rossiya Qurolli kuchlari nomidan Rossiya tarafini olib ishtirok etishini taklif qilib, yollanishi evaziga Rossiya Federatsiyasi unga katta miqdorda oylik maosh berishini, urushda ishtirok etishidan oldin Rossiya Federatsiyasining Qurolli kuchlari bilan o‘zaro shartnoma tuzishini, ushbu shartnomaga asosan u xizmatga kirib, urushda ishtirok etishini taklif qilgan.
Shundan so‘ng, erkak moddiy manfaatlar evaziga Rossiya Federatsiyasining harbiy xizmatiga kirgan hamda Rossiya va Ukraina o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan qurolli to‘qnashuv va harbiy harakatlarda ishtirok etgan.
Erkak 2023 yilning 31 dekabr kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan va o‘zini huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirgan.
“2023 yil dekabr oxirida Moskva shahriga qaytdim. Menga Rossiyada qolish taklifi berildi, lekin ularning taklifiga rad javobini berdim”, degan u ko‘rsatma davomida.
Sud hukmiga ko‘ra, erkak O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-moddasi (Yollanish)ning 1-qismi, 1541 -moddasi (Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish)ning 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va unga 4 yil 2 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Ukraina hududida harbiy harakatlarda ishtirok etgan O‘zbekiston fuqarosi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.
LiveBarchasi