Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi 92 foiz samarali ekani isbotlandi

Olam

image

Rossiyada o‘tkazilgan koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasi sinovlarining uchinchi bosqich birinchi oraliq tahliliga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 92 foizni tashkil etdi. Bu haqda vaksinaning Twitter sahifasida xabar berilgan. 

"Sputnik V" vaksinasining samaradorligi 92 foizni tashkil etdi", deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, preparatning samaradorligi ko‘ngillilar vaksinaning birinchi dozasini olganidan 21 kun o‘tib, ma’lumotlarni dastlabki oraliq tahlil qilish asosida isbotlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Rossiyada dunyodagi birinchi koronavirus vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandi.

Avvalroq, Germaniyaning BioNTech va Amerikaning Pfizer kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi vaksina infeksiyani oldini olishda 90 foiz samarali ekani isbotlangani haqida xabar bergandik. 

Turli manbalarga ko‘ra, dunyoda koronavirusga qarshi 200 dan ortiq vaksinalar ishlab chiqarilmoqda.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar 51 milliondan oshgan. 1,2 million bemor vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

KORONAVIRUS VAKTsINA

Baholaganlar

202

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing