Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqayotgani AQSH bilan bog‘liq – Xitoy

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin Rossiyaning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish qarorini AQSHning bu shartnomadan bir tomonlama chiqishiga javob sifatida baholadi. 

Uning ta’kidlashicha, Rossiya shartnomani saqlab qolish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirgan, ammo Amerika tomonidan hech qanday ijobiy munosabat bo‘lmagan. 

Xua Chuninning so‘zlariga ko‘ra, AQSHning kelishuvdan chiqishi qurollarni nazorat qilishning xalqaro mexanizmi va qurolsizlanish jarayoniga jiddiy zarar yetkazgan. 

U Vashingtonni global strategik barqarorlik, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga chaqirgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 yanvar kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatning Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qildi. 

Ochiq osmon shartnomasi 1992 yil 24 martda Xelsinkida Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga (YeXHT) a’zo 23 ta davlat vakillari tomonidan imzolangan.

2020 yil 22 noyabr kuni AQSH Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibini yakunlagan. Rasmiy Vashington o‘zining xatti-harakatini Rossiya tomoni kelishuv shartlarini bajarmayotgani bilan izohlagan. 

Ochiq osmon shartnomasidan chiqish tartibi boshlanganini e’lon qilgan Rossiya qolgan ishtirokchilar kelishuvlarni amalga oshirishda davom etishi uchun harakat qilishini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Xitoy

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing