Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadi keskin pasaydi
Olam
−
08 yanvar 2928 1 daqiqa
Rossiyaning neft eksportidan tushadigan daromadlari 2022 yil fevralidan beri eng past darajaga tushdi. O‘tgan hafta mamlakatning neft eksportidan olgan tushumi qariyb 959 million dollarni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich oktyabr oyining boshidagi daromadlardan taxminan 500 million dollarga kam. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Tahlilchilarga ko‘ra, daromadlarning keskin pasayishiga asosiy sabab – sanksiyalar ta’sirida Rossiyaning Urals markali neftiga berilayotgan chegirmalarning keskin oshganidir. Avval Brent etalon naviga nisbatan chegirma 5–15 foizni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda u qariyb 50 foizga yetgan.
Shuningdek, Rossiyaning an’anaviy sotuv bozorlariga kirish imkoniyatlari cheklangani va logistika xarajatlarining oshgani fonida neft narxlari hamda daromadlar pasayishda davom etayotgani qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar haqidagi qonun loyihasiga “yashil chiroq” yoqqani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi