Rossiyaning Lvovga raketa hujumi uyushtirishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
07 iyul 2023
4042Kecha, 6 iyul kuni Ukraina g‘arbidagi Lvov shahriga Rossiya raketa zarbasi uyushtirishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi. Vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligiga asoslanib, RBK-Ukraina xabar berdi.
“Rossiyaning raketa hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 9 kishiga yetdi, 42 kishi jarohat oldi”, deyiladi xabarda.
Ichki ishlar vazirligi qurbonlar orasida uch nafar bola borligini ham qayd etgan.
Bugun, 7 iyul kuni soat 07:00 holatiga ko‘ra, fojia joyida qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Lvov viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Maksim Kozitskiyga ko‘ra, vayronalar ostidan yetti kishi qutqarilgan, 130 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, 13 kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Ma’lumot uchun, Lvov shahri frontdan uzoqda va NATO a’zosi bo‘lgan Polsha bilan chegaradan 70 km masofada joylashgan. Shaharda 2022 yil fevralida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin 700 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan. Urush boshlanganidan beri aholi soni ko‘paygan, chunki ko‘plab odamlar mamlakatning boshqa hududlaridagi janglar va havo hujumlari ortidan shu yerga ko‘chib kelgan.
LiveBarchasi