Rossiyaning dushmanlari ro‘yxati kengaydi

Olam

image
Prezidentlarga osonmi? – Hafta dayjesti north_east

Prezidentlarga osonmi? – Hafta dayjesti

Rossiya Federatsiyasi hukumati Bagama orollari, Gernsi va Men orollarini ularga nisbatan javob iqtisodiy choralar ko‘riladigan nodo‘st davlatlar va hududlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Rossiya Vazirlar Mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.  

“Hukumat Rossiya, Rossiya kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan nodo‘stona harakatlarni amalga oshiruvchi xorijiy davlatlar va hududlar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqdagi buyruq imzolandi. Ro‘yxatga Buyuk Britaniyaning Rossiyaga, Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga nisbatan joriy etgan sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagan Gernsi va Men orollari, shuningdek, Rossiya Banki, Rossiya Moliya vazirligi va Rossiya Federatsiyasining bir qator kredit tashkilotlari bilan har qanday operatsiyalarni taqiqlagan Bagama orollari kiritildi”, deyiladi xabarda. 

Vazirlar Mahkamasi ushbu ro‘yxat Prezidentning joriy yil 5 martdagi “Ayrim xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni bajarishning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tuzilganini eslatdi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqarolari va kompaniyalari, davlatning o‘zi, uning hududlari va munitsipalitetlari chet el kreditorlari oldidagi valyuta majburiyatlariga do‘stona munosabatda bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatidan ularni rublda to‘lashlari mumkin bo‘ladi. Ushbu choralar oyiga 10 million rubldan ortiq yoki ularning xorijiy valyutadagi ekvivalentidagi majburiyatlarga nisbatan qo‘llaniladi. Sanksiyalarga qo‘shilmagan mamlakatlarning kreditorlari Rossiya rezidentlarining qarzlari uchun rubl yoki xorijiy valyutadagi mablag‘larni maxsus ruxsatnoma bilan olishlari mumkin bo‘ladi.

Ilgari ro‘yxatga AQSH va Kanada, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Buyuk Britaniya (jumladan, Jersi, Anguilla, Britaniya Virjiniya orollari, Gibraltar), Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Albaniya, Andorra, Islandiya, Lixtenshteyn, Monako, Norvegiya, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, shuningdek, Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Mikroneziya, Yangi Zelandiya, Singapur va Tayvan kiritilgan. Hukumatning joriy yil 6 martdagi qaroriga ko‘ra,  Rossiya kompaniyalarining Rossiyaga do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari va firmalari bilan barcha bitimlari va operatsiyalari xorijiy investitsiyalarni nazorat qilish bo‘yicha hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. 

Rossiyada do‘stona bo‘lmagan xorijiy davlatlarning yana bir ro‘yxati mavjud – bu diplomatik va konsullik vakolatxonalari faoliyati sohasidagi javob choralariga tegishli. 2021 yilning may oyida unga AQSH va Chexiya kiritildi. Joriy yilning 22 iyul kuni ro‘yxatga Gretsiya, Daniya, Slovakiya, Sloveniya va Xorvatiya kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

689

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing