Rossiyaning dushmanlari mamlakatdagi turli millatlar orasini buzmoqchi – Qodirov
Olam
−
25 mart
17903"Krokus Siti Holl"dagi terakt fonida Rossiya dushmanlari milliy masaladan foydalanib, mamlakat ichidagi vaziyatni buzishga harakat qilmoqda. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi har doim ko‘p millatli bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi – bu mamlakatning kuchi va qudrati. Rossiyaning dushmanlari aynan mamlakatning mana shu fazilatiga zarba berishga intilyapti.
Qodirov har qanday holatda ham milliy va diniy sabablarga ko‘ra, fuqaroviy ta’qibga yo‘l qo‘yilmasligini, huquq-tartibot idoralari esa bu tamoyilga hushyorlik bilan amal qilishini aytgan.
“Ammo davlat milliy siyosati va milliy xavfsizlikdan uzoqda bo‘lgan soxta vatanparvarlar odamlarning his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashib, fashistik usullarni qo‘llashga da’vat qilyapti”, deya qo‘shimcha qilgan u.
Checheniston rahbarining ta’kidicha, Rossiya Federatsiyasi allaqachon neonatsizmga qarshi muvaffaqiyatli kurashmoqda va uning mamlakat ichidagi ko‘rinishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
LiveBarchasi