Rossiyaning Durovga hech qanday da’vosi yo‘q – Putin (video)

Olam

image
Durov Putinga kerakmi? north_east

Durov Putinga kerakmi?

Rossiyada Telegram tufayli Pavel Durovga nisbatan hech qachon shikoyatlar bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bugun, 5 sentyabr kuni Vladivostokdagi Uzoq Sharq federal universitetida bo‘lib o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida so‘z ochdi.

“Boshqa davlatlar hukumatlaridan farqli ravishda Rossiya hukumatida Durovga nisbatan hech qanday shikoyat yo‘q edi. Agar xohlasa, u men bilan Moskvada uchrashishi mumkin edi. Men u Moskvada yashaydi deb o‘ylardim. Lekin u Dubayda yashar ekan. Dunyo odamlari, milliarderlar, ular xohlagan joyda yashashga qodir. Unga nisbatan hech qanday shikoyatimiz yo‘q”, deydi Putin.

Kreml voizi Dmitriy Peskov 2024 yil avgustida Bakuda Vladimir Putin va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov o‘rtasida hech qanday uchrashuv bo‘lmagani haqida ma’lum qilgandi.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Durov bilan ko‘p yillar oldin faqat bir marta uchrashgan va ularning suhbati Durovning biznesni rivojlantirish rejalariga bag‘ishlangan. Putin tadbirkor bilan Bakuda uchrashmaganini va uning u yerda ekanligini bilmaganini qayd etdi. 

Putin Durovning Fransiyada hibsga olinishiga to‘xtalar ekan, fransuz rasmiylarining xatti-harakatlari unchalik aniq emasligi, chunki ular alohida tanlab olinganini aytdi va Telegram’ga o‘xshash boshqa platformalar rahbarlariga bunday choralar ko‘rilmaganini qayd etdi. 

Ma’lumot uchun, Pavel Durov 24 avgust kuni kechqurun Parij aeroportida qo‘lga olingan. “Politico” nashriga ko‘ra, Fransiya hukumati Durovni hibsga olish uchun orderni 2024 yil 25 martda bergan. Shu bilan birga, uning akasi, Telegram asoschisi Nikolay Durovni hibsga olish uchun order berildi. Hibsga olish uchun orderlar “voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini egallash, tarqatish yoki ulardan foydalanishni taklif qilishda ishtirok etganlik” uchun chiqarilgan.

26 avgust kuni tushdan keyin Fransiya prokuraturasi 12 ta jinoyat bo‘yicha noma’lum shaxslarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani haqida press-reliz e’lon qildi. Ular orasida vakolatli organlar so‘roviga ko‘ra ma’lumot berishdan bosh tortish, voyaga yetmaganlarning pornografik tasvirlarini saqlashga sheriklik, giyohvand moddalarni tarqatishda ishtirok etish, xakerlik dasturlarini tarqatishda ishtirok etish kabilar bor.

28 avgust kuni Durov Parijda hibsdan 5 million yevro garov evaziga ozod qilindi. Unga Fransiyadan chiqib ketish taqiqlandi va haftasiga ikki marta politsiyaga xabar berib turishi sharti qo‘yildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Pavel Durov Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing