Rossiyaning BMTdagi vakili Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining doimiy vakili BMT Xavfsizlik kengashini G‘azoga gumanitar yo‘llarni to‘sib qo‘ygani uchun Isroilga sanksiyalar joriy etishga chaqirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

“Byurokratik to‘siqlar va Isroilning kirishni to‘g‘ridan to‘g‘ri rad etishi tufayli yordam minimal miqdorda faqat G‘azoga yetkaziladi”, degan Vasiliy Nebenzya.

Uning aytishicha, G‘azo sektorida ocharchilikning oldini olish uchun zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish zarur. Isroil xalqaro gumanitar qonunlarga rioya qilishi kerak.

“G‘arb doimiy ravishda Rossiyani ochlikdan urush quroli sifatida foydalanganlikda ayblaydi, biroq Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlariga nisbatan bu atamani hech qachon ishlatmagan”, deydi diplomat.

Doimiy vakilning aytishicha, BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilning ochlikdan urush quroli sifatida foydalanishi uchun javobgardir.

Vasiliy Nebenzya Amerikaning Yaqin Sharq bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujjat "falastinlik tinch aholini o‘ldirish uchun litsenziyadan" boshqa narsa emas.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

BMT Isroil Rossiya Federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing