Rossiyaning besh diplomati Shvetsiyadan quvildi
Olam
−
26 aprel 2023
5084Rossiyaning besh nafar diplomati Shvetsiyadan chiqarib yuborildi. Bu haqda “CVT Nyheter” telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat Tashqi ishlar vaziri Tobias Billstrom “CVT Nyheter” telekanaliga bergan intervyusida diplomatlarning chiqarib yuborilganini ma’lum qilgan.
“Ularning hududimizdagi faoliyati diplomatik maqomiga mos kelmaydi”, deydi u.
Bu masala bo‘yicha Rossiyaning Shvetsiyadagi elchisi Viktor Tatarinsev kecha, 25 aprel kuni Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Unga 5 nafar diplomatning faoliyati diplomatik aloqalar bo‘yicha Vena konvensiyasiga mos kelmasligi aytilib, ularning mamlakatdan chiqib ketishi talab qilingan.
Tatarinsev holat yuzasidan izoh berishni istamagan.
Oxirgi marta o‘tgan yilning aprel oyida ham Shvetsiyadan Rossiyaning uch diplomati razvedka faoliyatini olib borganlikda gumonlanib, chiqarib yuborilgandi. So‘nggi vaqtlarda Rossiyaning Skandinaviya mamlakatlaridagi ayg‘oqchilik harakatlari ortib borayotgani aytilmoqda. Jumladan, Shvetsiya suvlaridagi josuslik kemalari haqida.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 13 aprel kuni Norvegiyada 15 nafar Rossiya diplomati persona non grata deb e’lon qilingan edi.