“Rossiyani yengib, tafsilotlarni siz bilan muhokama qilmoqchiman”. Zelenskiy Tramp bilan uchrashdi

Olam

image

AQSH prezidentligiga respublikachilardan nomzod Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi. Unda Tramp Ukrainadagi to‘qnashuvni tugatishda vositachi bo‘lishga harakat qilishini aytib, Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan “juda yaxshi munosabatlarga” ega ekanini ta’kidladi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Nyu-Yorkdagi Trump Tower’da uchrashuv o‘tkazgan. Unda sobiq prezident Ukraina yetakchisi bilan ko‘rishish katta sharaf ekanini ta’kidlab, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatishda vositachi bo‘lishga harakat qilishini bildirgan.

“Biz ikkala tomon bilan ko‘p ishlaymiz, bu masalani hal qilishga harakat qilamiz”, deydi Tramp Rossiya Prezidenti bilan yaxshi munosabatlarga ega ekanini ta’kidlab.

O‘z navbatida, Zelenskiy AQSHda prezidentlikka kim nomzod bo‘lishidan qat’iy nazar, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar davom etayotgan to‘qnashuv sharoitida amalga oshirilayotgan harakatlar bo‘yicha xabardor bo‘lishi zarur.

CNN’ning xabar qilishicha, ikki tomon o‘rtasidagi uchrashuv chog‘ida Donald Tramp vitse-prezident, demokratlardan mamlakat prezidentligiga nomzod Kamola Harrisga qarshi bo‘lgan saylov bahslari haqida gapirib, agar saylovda demokratlar yutsa, Zelenskiy hech narsada g‘alabaga erisholmasligini aytgan.

“Shuning uchun uchrashib, bu haqda muhokama qilamiz. Agar biz g‘alaba qozonsak, 20 yanvargacha har ikki tomon uchun foydali yechimga kela olamiz. Vaqt keldi”, degan Tramp.

Zelenskiy Trampga uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, ularning oxirgi ko‘rishganidan buyon besh yil o‘tganini eslagan va Putinni to‘xtatish kerakligi bo‘yicha ularning umumiy qarashlari borligiga ishonayotganini ma’lum qilgan.

“Menimcha, bizda Ukrainadagi urushni to‘xtatish kerakligi va Putin g‘olib bo‘lmasligi haqida umumiy fikr bor. Ukraina g‘alaba qozonishi kerak va men siz bilan shu haqdagi tafsilotlarni muhokama qilmoqchiman”, dedi Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zelenskiy Vashingtonda Bayden va Harris bilan uchrashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tramp Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made