Rossiyani terrorizm homiysi sifatida belgilashni taklif qilishdi

Olam

image

AQSH Kongressi Vakillar palatasidagi respublikachilar tashqi tahdidlarga qarshi kurash to‘g‘risidagi ma’ruzasida Rossiyani terrorizm homiylari safiga qo‘shilishga va unga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni kiritishga chaqirdi. Bu haqda "Interfaks" nashri xabar berdi.

"Eronda, Ukrainada, Liviyadan Suriyagacha, O‘rta yer dengizidan Janubiy Xitoy dengizigacha Rossiya Amerika manfaatlariga zarar yetkazmoqda va demokratik xalqaro tartibni buzmoqda", deyiladi hujjatda.

"Amerikani kuchaytirish va global tahdidlarga qarshi kurashish" deb nomlangan ma’ruzasida Vakillar palatasining Respublika tadqiqot qo‘mitasi a’zolari Xitoy, Rossiya va Eronning tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha qator choralarni taklif qildilar. Xususan, gap "Kongress tomonidan ilgari surilgan eng qattiq sanksiyalar paketini" joriy etish haqida ketmoqda.

Shunday qilib, Rossiyani hujjatda ko‘rsatilganidek, Islom inqilobi posbonlari korpusi (IIPK), "Hizbulloh" harakati, va "Tolibon" radikal guruhini qo‘llab-quvvatlovchisi sifatida ko‘rib chiqilishi taklif qilinmoqda. Hisobotda shuningdek, Gruziyaning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish va AQSHning Tbilisida ushbu mamlakatda demokratik qonun ustuvorligini rivojlantirish bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga, shuningdek, Ukrainada xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tashabbuslarni amalga oshirishga chaqiriladi.

Hisobot Vashington vaqti bilan 10 iyun kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terrorizm

Baholaganlar

336

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing