Rossiyalik taniqli murabbiy Qozog‘iston terma jamoasi ustoziga aylandi
Sport
−
04 iyun
3320Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi va Moskvaning “Spartak” jamoasining sobiq bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga rasman tayinlandi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Cherchesov Qozog‘iston tomoni bilan 2+1 sxemasi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Ya’ni u termaga ikki yil ustozlik qiladi va keyinchalik tomonlar shartnomani bir yilga uzaytirishi mumkin.
60 yoshli rossiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi Vengriyaning “Ferensvarosh” klubi bo‘ldi. Bungacha Stanislav Cherchesov Rossiya terma jamoasini boshqargan, shuningdek, “Legiya”, “Dinamo”, “Amkar”, “Terek”, “Sochi Jemchujina” va “Spartak” klublarida ishlagan.
2022 yildan 2024 yilgacha Qozog‘iston terma jamoasini Magomed Adiyev boshqardi. Shu yilning aprel oyida Adiyev “Axmat Grozniy”ga bosh murabbiy etib tayinlandi.
LiveBarchasi