Rossiyalik taniqli figurali uchuvchi Qozog‘iston a’zosiga aylanadi
Sport
−
24 may 2024 6820 1 daqiqa
Rossiya figurali uchish federatsiyasi (FFKKR) ijroiya qo‘mitasi figurali uchuvchi Sofya Samodelkinaning Qozog‘iston terma jamoasiga o‘tishini ma’qulladi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Ijroiya qo‘mita Samodelkinaning Qozog‘iston tarkibida musobaqalarda ishtirok etishiga ruxsat beradi”, deyiladi manba xabarida.
Samodelkina 17 yoshda va ikki karra Olimpiya chempioni Yevgeniy Plyushenko qo‘l ostida shug‘ullanadi. 2021 yil sentyabr oyida konkida uchuvchi o‘smirlar o‘rtasidagi Gran-pri seriyasining kumush medali sohibiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya figurali uchish federatsiyasi Yekaterina Geynish va Dmitriy Chigirev juftligining O‘zbekiston tarkibiga qo‘shilishiga ruxsat bergani xabar qilingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr