Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
16 avgust 2020
8936Avvalroq, Rossiyaning nufuzli tibbiyot muassasalarida faoliyat olib borayotgan 40 nafarga yaqin mutaxassisdan iborat tibbiy guruh O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik.
Bugun, 16 avgust kuni O‘zbekistonga koronavirusga qarshi kurashda hamkorlikda ishlash uchun rossiyalik mutaxassislar yetib keldi.
Rossiyalik mehmonlarni Toshkent xalqaro aeroportida Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan kutib olindi.
Reanimatolog, pulmonolog, infeksionist, virusolog, kardiolog, endokrinolog kabi mutaxassislar bir oy davomida koronavirusga chalinganlarni davolash muassasalarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Xususan, rossiyalik mutaxassislar Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti, Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida, Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida, shuningdek qator viloyatlardagi shu sohaga ixtisoslashgan shifoxonalarda faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.
LiveBarchasi