Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi 6 ta preparat ishlab chiqdi

Olam

image
Bu Rossiya uchun juda halokatli – Tramp neft narxiga ta’sir o‘tkaza olishini aytdi north_east

Bu Rossiya uchun juda halokatli – Tramp neft narxiga ta’sir o‘tkaza olishini aytdi

Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi qo‘llash uchun bir nechta preparatlar yaratdi. Bu haqda RF Bosh vaziri Mixail Mishustin kasallikni muvofiqlashtirish bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.

U mutaxassislar kunu tun ishlab, ikki oyda oltita preparat yaratishganini ta’kidlab o‘tgan.

Mishustin hozirda sinovlar ketayotganini qo‘shimcha qilib, tez orada ularning xavfsiz va samarali ekani hamda epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish uchun ishlatish imkoniyati bo‘lishiga umid bildirdi.

“Bizning bosh maqsadimiz virusning keng ko‘lamda tarqalib ketishining oldini olish, nazorat qilish. Bu faqatgina parvozlar va ommaviy tadbirlarni cheklash degani emas, balki infeksiya uchun vaksina ishlab chiqishdan iborat”, deya ta’kidlagan RF hukumat rahbari.

Ma’lumot uchun, Rossiyada bugungacha 253  kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ularning bir nafari vafot etdi va 12 nafari davolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya koronavirus

Baholaganlar

912

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing