Rossiyalik kuzatuvchilar rahbari Mirziyoyev huzurida bo‘ldi 

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi kuzatuvchilarining mamlakatdagi missiyasiga boshchilik qilayotgan MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qilgani haqida xabar bergandik.

Shundan so‘ng, Mirziyoyev mamlakatdagi Prezident saylovini kuzatish uchun kelgan rossiyalik kuzatuvchilar delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Davlat Dumasi qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikovni qabul qildi.

Rossiya parlamenti vakili O‘zbekiston yetakchisini Prezident saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani va saylov kampaniyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan dildan qutladi.

Saylov jarayonlari ilg‘or xalqaro amaliyot va standartlarga muvofiq tayyorlangani va tashkil etilgani borasida qilingan ishlar yuksak baholandi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Parlamentlar o‘rtasida yaqin va sermahsul muloqot yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo, investitsiya, ta’lim, turizm va madaniyat sohalaridagi ikki tomonlama sheriklikni, shuningdek, MDH makonidagi mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zLiDep nomzodi Shavkat Mirziyoyev 80,1 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekiston bilan strategik aloqalarga ega bo‘lgan bir qancha davlatlarning rahbarlari, allaqachon, Mirziyoyevni mamlakat prezidentligiga qayta saylangani bilan tabriklab bo‘lgan. Jumladan,  Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Ozarbayjon Prezidenti Ilhoim Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Mirziyoyevni ishonchli g‘alaba bilan tabriklab ulgurdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

25

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing