Rossiyalik deputat Polshada rus sportchisi hibsga olinishi yuzasidan keskin fikr bildirdi

Olam

image

Bugun, 30 iyun kuni Polshada 20 yoshli xokkeychi Rossiya foydasiga josuslik qilishda ayblanib, hibsga olingandi. Holat yuzasidan Rossiya Dumasi deputati Svetlana Jurova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida keskin fikr bildirdi.

“Xo‘sh, yigirma yoshli yigit Polshada qanday josuslik qilishi mumkin? Bu hatto kulgili ham emas, shunchaki profilaktik choralar uchun qilingan juda g‘alati ayblov”, deydi deputat.

Unga ko‘ra, bu mamlakatga ruslar kelmasligi uchun amalga oshirilayotgan ishlarning navbatdagisi bo‘lishi mumkin.

“Ular rossiyaliklarni josuslikda, giyohvand moddalarni ekishda yoki shunga o‘xshash narsalarda ayblaydi. Ular yuqoridagi kabi ayblovlar orqali dunyo nazarida rus sportchilarining imidjini buzish istagida”, deydi Svetlana Jurova.

Shuningdek, u Rossiya josusi sifatida ayblanib, hibsga olingan sportchiga mamlakat har tomonlama yordam ko‘rsatishi haqida alohida toxtalib o‘tdi.

“Hozirda holat yuzasidan Tashqi ishlar vazirligi tegishli tartibda ish olib bormoqda. Biz yordam uchun barcha kerakli fakt va ayblovlarni tekshirishimiz kerak”, deydi u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya sportchi josuslik Pol'shada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing