Rossiyalik bokschi Jalolovga “vizov” tashladi

Sport

image

2021 yilgi jahon chempioni, rossiyalik bokschi Mark Petrovskiy ikki karra jahon chempioni va Olimpiada oltin medali sohibi o‘zbekistonlik Bahodir Jalolov bilan jang qilmoqchi. Bu haqda Petrovskiy “Match TV”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

14 may kuni Toshkentda erkaklar o‘rtasidagi Jahon chempionati yakunlandi. Rossiya terma jamoasi 2 ta oltin va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi. 2020 yilgi Olimpiya o‘yinlari va 2019 yilgi Jahon chempionatida muvaffaqiyat qozongan Bahodir Jalolov 92 kilogrammdan yuqori vaznda jahon chempioni bo‘ldi. Professional ringda Jalolov 12 ta g‘alabaga erishgan. Petrovskiy hisobida esa 4 ta g‘alaba bor (3 tasi muddatidan oldin yakunlangan). Mark 2021 yilda 92 kg vazn toifasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgandi.

“Toshkentda mening vazn toifamda Olimpiada chempioni Bahodir Jalolov g‘alaba qozondi. Aytgancha, 2021 yilda u Belgradga tomoshabin sifatida kelgandi. U bilan sparring o‘tkazdim. O‘ylaymanki, biz Jalolov bilan qachondir to‘qnashamiz”, deydi Petrovskiy.

Rossiyalik bokschi Jalolov bilan profringda yoki havaskor boksda jang qilishi bilan bog‘liq savolga ham oydinlik kiritdi.

“Unisida ham, bunisida ham. Mamlakatlarimiz do‘stona munosabatda. O‘ylaymanki, bu jang tez orada bo‘ladi”, deydi rossiyalik bokschi.


Maqola muallifi

Teglar

Bahodir Jalolov Mark Petrovskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing