Jalolov va Maxachev kuch sinashib ko‘rdi (video)
Sport
−
29 may 3894 1 daqiqa
Super og‘ir vazn toifasidagi o‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov UFC yarim o‘rta vazn toifasidagi chempioni rossiyalik Islom Maxachev bilan kurashdi. Bu haqda O‘zbekiston boks terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda ko‘rish mumkinki, professional bokschi va aralash jang san’ati ustasi o‘rtasidagi kurash ancha keskin kechgan.
Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov ikki karra Olimpiya chempioni hisoblanadi. U hozirgacha superog‘ir vazn toifasidagi professional ringda o‘tkazgan barcha janglarida g‘alaba qozongan va 18 ta jangni 15 tasini nokaut bilan yakunlagan.
Islam Maxachev hozirgacha professional MMA’da 29 ta jang o‘tkazib, 28 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. U so‘nggi jangini 2025 yil noyabr oyida o‘tkazgan. U o‘sha bahsda avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qarori bilan mag‘lub etib, yarim o‘rta vazn toifasi chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

Live
Barchasi