Rossiyalik bloger Varlamov O‘zbekiston poyezdidagi sharoitni tanqid qildi

Jamiyat

image

Rossiya Adliya vazirligi tomonidan “xorijiy agent” deb e’lon qilingan rossiyalik jurnalist va bloger Ilya Varlamov Samarqanddan Toshkentga qatnaydigan poyezddagi sharoitni tanqid qilib chiqdi. Bu haqda u o‘zining Facebook' dagi sahifasida videolavha joylashtirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u shaharlar orasida qatnaydigan poyezdga chiqqan.

“Xafa bo‘lmaslik uchun men odatdagi o‘rindiqlarga o‘tirmadim, balki lyuks kupe oldim. Lekin lyuks kupe O‘zbekistonda, yumshoq qilib aytganda, ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi”, deydi Varlamov.

U poyezddagi sharoitlarni ko‘zdan kechirib, sharoit to‘langan pulga arzimasligini aytib o‘tgan.

Varlamovning qayd etishicha, u joylashgan poyezd kupesidagi jihozlar chang va kir holatda bo‘lgan. Shuningdek, u kupe oynasiga skotch yopishtirilganini, yostiq jildlari toza emasligini tanqid qilgan.

Bundan tashqari, jurnalist kupeda yuvinish xonasi mavjudligini lekin u berkitib qo‘yilganini tanqid ostiga olgan. Shu bilan birga, u hojatxona abgor holatdaligini aytib, toza emasligini bildirib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Ilya Varlamov joriy yilning 8 mart kuni Turkmaniston fuqaroligini olganini e’lon qilgandi. Lekin oradan bir kun o‘tib, bu xazil ekani, qanday qilib bunday mamlakat fuqaroligini olishni xohlash mumkinligini tushinmasligini aytgan. Shundan so‘ng, uni Rossiya Adliya vazirligi “xorijiy agent” deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

poezd O'zbekiston Il'ya Varlamov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing