Rossiyalik 100 ga yaqin jurnalistda koronavirus aniqlandi

Olam

image

Rossiyadagi 100 ga yaqin jurnalistda koronavirus tashxisi qo‘yilgan, 500 ga yaqin kishi karantinda yoki o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari Aleksey Volin ma’lum qilgan.

“O‘z hamkasblarimiz bilan bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatyapmiz. Bizdagi xabarlarga ko‘ra, bugungi kunda yuzga yaqin jurnalistGa koronavirus infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan. 500 ga yaqin odam karantinda va o‘z-o‘zini izolyatsiya qilgan. Afsuski, yaqinda Moskvada koronavirusga chalingan jurnalistlardan biri hayotdan ko‘z yumdi”, dedi Volin.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga 52 763 nafar odam chalindi. 3 873 bemor shifo topgan bo‘lsa, 456 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing